LightReader

Chapter 1 - Aslzoda

Aslzoda

1-bob. Merakindagi Tong

Erta tong. Sinf xonasiga tushayotgan quyosh nuri yaltirab, bir qizning nozik ovoziga qo'shilib jaranglaydi. Nafosatli, nozik qiz she'r o'qirdi, sinfdagilar esa unga havas bilan tikilgan edi. Albatta, hamma ham havas qilmaydi — hasad qiluvchilar ham yo'q emas.

Dars tugashi bilan o'quvchilar maktabni tark eta boshlashdi. Ular orasida Asilzoda ham bor edi. U o'zining go'zalligi, muloyimligi va teran aqli bilan nafaqat sinfda, balki butun maktabda — hatto Osiyo qit'asida ham betakror edi.

Maktabda unga eng yaqin dugonasi Aila ham undan qolishmasdi. Tashqi ko'rinish, fe'l-atvor va aqlda ikkisi deyarli teng edi. Shuning uchun ham ko'pchilik ularni raqib deb o'ylardi. Ammo aslida ular eng yaqin do'st edi.

Merakindagi xavf

Kuchada niqobsiz yurish xavfli edi. Merakinda g'alati kasallik tarqalmoqda edi. Shifokorlar bunga iqlim o'zgarishi sabab bo'lmoqda, deb taxmin qilishardi, ammo kasallik qanday yuqishini hech kim aniq bilmasdi.

Hammasi bir ayolning politsiyaga qilgan murojaati bilan boshlandi: eri va farzandlari to'satdan unga tajovuz qilayotgani haqida aytgan edi. Politsiya yarim soat ichida yetib borganda, u yerdagi besh kishi allaqachon g'ayritabiiy jonzotlarga aylangan edi. Ular darhol maxsus bo'linma tomonidan qamab qo'yildi. Shundan so'ng yana o'nlab shunga o'xshash holatlar aniqlandi.

Bu yangiliklar butun Merakonda shov-shuvga sabab bo'ldi.

Uch Buyuk Oila

Merakinda uch buyuk oila bor edi.

1. Aydinlar oilasi

Mashhur olimlar sulolasi. Boyligi 10 trillion dollardan oshadi. Mamlakatdagi 20 ta yirik shifoxona ularga tegishli. Ularning yagona merosxo'ri — 17 yoshli Aydin Deniz: kelishgan, badavlat va aql-zakovatli yigit.

2. Erdemlar oilasi

Katta siyosatchilar sulolasi. Bu oilada ayollarning mavqei juda yuqori. Ularning boyligi 8 trillion dollarni tashkil qiladi. Oilada uch nafar merosxo'r qiz bor.

3. Shahinlar oilasi

Eng qudratli va eng boy oila. Ular Merakindagi eng katta biznes imperiyasiga ega va hatto prezidentdan ham boyroq. Boyligi 100 trillion dollar.

Bu ulkan sulolaning yagona merosxo'ri — Asilzoda Shahin.

---

Davomi bor…

More Chapters